FaceID Pro bosh sahifasi
Hikvision Face ID terminal orqali davomat
FaceID Pro Hikvision yuzni tanish terminallaridan kelgan hodisalarni qabul qiladi, xodimlar bilan bog‘laydi va davomat hisobotlarini tayyorlaydi.
Asosiy foydalar
- Hikvision terminal hodisalarini markaziy bazaga yig‘ish
- Filiallar va terminallarni bitta dashboard’da nazorat qilish
- Xodim kartasi, yuz va kodlar bilan ishlash
- Keldi/ketdi hodisalarini avtomatik normallashtirish
Terminaldan serverga markaziy nazorat
Har bir terminaldagi kelish-ketish hodisalari FaceID Pro serveriga yuboriladi. Rahbar yoki HR xodimi bir nechta filialdagi davomatni bitta saytdan ko‘radi.
ISAPI va ISUP yo‘nalishlari
Tizim terminal modeliga va tarmoq sharoitiga qarab ISAPI polling yoki ISUP bridge kabi yechimlar orqali ishlashi mumkin.
Terminal bo‘lmagan joylar ham qamrab olinadi
Ayrim filialda terminal bo‘lmasa, Telegram WebApp va GPS orqali kelish-ketishni nazorat qilish mumkin.
Ko‘p so‘raladigan savollar
FaceID Pro Hikvision terminal bilan ishlaydimi?
Ha, FaceID Pro Hikvision Face ID terminallari bilan integratsiya qilish uchun mo‘ljallangan.
Bitta tizimga bir nechta terminal ulash mumkinmi?
Ha, bir nechta terminal va filiallarni markaziy boshqarish mumkin.
Terminal offline bo‘lsa nima bo‘ladi?
Bu terminal modeli va konfiguratsiyasiga bog‘liq. Tizim terminal holati va hodisalarni tekshiradi.