FaceID Pro — yuz orqali davomat, ish haqi va HR boshqaruvi bitta tizimda
Xodimlar kelish-ketishi Hikvision Face ID terminal, ishxona telefoni, Telegram WebApp yoki GPS orqali qayd etiladi. Tizim tabel, oylik, avans va KPI ni o‘zi hisoblaydi, AI yordamchi savolingizga javob beradi, 1C va Bitrix24 bilan ulanadi.
Davomatdan tashqari — ish haqi, HR, aloqa va AI bitta tizimda
Davomat va nazorat
- Hikvision Face ID terminal (ISUP) orqali avtomatik keldi-ketdi
- Telegram WebApp: telefon raqam tasdig‘i, IP va GPS zona tekshiruvi
- So‘rovli davomat: zonadan tashqarida surat + rahbar tasdig‘i
- Chiqish unutilsa xodim va rahbarga Telegram eslatma
- Noma’lum yuzlar ro‘yxati va audit izli qo‘lda tuzatish
- Jonli dashboard: kim ishda, kim kechikdi, kim kelmadi
Smena va ish vaqti
- Ko‘p smenali rejim va tungi smenalar
- Erkin grafik yoki qat’iy jadval qoidasi
- Kalendar: bayram, ish kuni va maxsus kunlar
- Qo‘shimcha smena va kunlik stavkalar
- Kechikish, erta ketish va ishlangan soat avtomatik
Ish haqi va moliya
- Tabel va oylik hisob-kitobi, Excel eksport
- Avans: bosqichma-bosqich Telegram tasdig‘i va SMS xabarnoma
- Bonus va jarima qoidalari, KPI ko‘rsatkichlari
- Xarajatlar, xodim balansi va to‘lovlar tarixi
- Kassa planshet: yuz orqali tanib, imzo va PDF akt
HR va xodimlar
- Xodim profili, fayllar, lavozim, bo‘lim va filial
- Barcha xodimlar ro‘yxatini Excel’ga yuklab olish
- Xodim kabineti: o‘z davomati, topshiriq, so‘rov va avans
- So‘rovnomalar: ta’til, ma’lumotnoma, ruxsat — HR tasdiqlaydi
- Ishga qabul: vakansiya, nomzodlar, time-to-hire analitikasi
- Rollar va ruxsatlar, bir nechta kompaniya va filial
Aloqa va topshiriqlar
- Kompaniya chati: guruh, kanal, shaxsiy, fayl, ovozli xabar, qo‘ng‘iroq
- HR bilan yopiq suhbat va 100% anonim fikr kanali
- Topshiriqlar: muddat, natija tekshiruvi, Telegram eslatma
- Ommaviy xabarlar hamda Telegram va SMS xabarnomalar
- Oshxona uchun kunlik «ishda kim bor» hisoboti
AI, statistika va integratsiya
- AI Chat: davomat, oylik va xodimlar bo‘yicha savol-javob, Excel/PDF hisobot
- Statistika: intizom reytingi, filial va davr kesimida trendlar
- 1C, Bitrix24, Google Sheets/Excel, Google Calendar/Outlook
- Eskiz SMS, Bito, Webhook va REST API
- MCP server: Claude, ChatGPT yoki Cursor’ga ulash
Ko‘p so‘raladigan savollar
Terminal bo‘lmasa ham ishlaydimi?
Ha. Xodimlar Telegram WebApp orqali keldi-ketdini belgilaydi; tizim IP yoki GPS zonani tekshiradi. Zonadan tashqarida so‘rovli davomat (surat + rahbar tasdig‘i) ishlaydi.
Qaysi terminallar qo‘llab-quvvatlanadi?
Hikvision Face ID terminallari ISUP protokoli orqali ulanadi. Bir nechta terminal bitta bazada sinxron ishlaydi, xodim rasmi barcha terminallarga avtomatik tarqatiladi.
Xodim uydan turib «keldim» bosa oladimi?
Yo‘q. IP yoki GPS zona tekshiruvi yoqilsa, faqat ruxsat etilgan tarmoq va hududdan qabul qilinadi. Tashqaridan faqat surat bilan so‘rov yuborish mumkin, uni rahbar tasdiqlaydi.
Oylik va avansni ham hisoblaydimi?
Ha. Ishlangan vaqt, kechikish, erta ketish, bonus, jarima, KPI va avans asosida tabel hamda oylik hisoblanadi; natija Excel yoki 1C ga eksport qilinadi.
1C yoki Bitrix24 bilan ulanadimi?
Ha. 1C, Bitrix24 (chat va ish vaqti), Google Sheets/Excel, Google Calendar/Outlook, Eskiz SMS va Bito uchun tayyor ulanishlar bor; boshqa tizimlar uchun REST API va webhook.
AI yordamchi nima qila oladi?
Davomat, ish haqi va xodimlar bo‘yicha savolga tizim ma’lumotidan javob beradi, Excel yoki PDF hisobot tayyorlaydi. U faqat foydalanuvchiga ochiq ma’lumotni ko‘radi va o‘zidan to‘qimaydi.
Bir nechta kompaniya yoki filialni boshqarish mumkinmi?
Ha. Har bir kompaniya, filial, qurilma, zona va xodim alohida boshqariladi, rollar va ruxsatlar bilan kim nimani ko‘rishi belgilanadi.
Xodimlar uchun alohida ilova kerakmi?
Yo‘q. Xodim Telegram WebApp orqali davomat belgilaydi, xodim kabineti esa brauzerda ochiladi: o‘z davomati, topshiriq, so‘rovnoma va avans natijasi.
Ma’lumotlar xavfsizmi?
Ma’lumotlar faqat HTTPS orqali uzatiladi. Har bir foydalanuvchi faqat o‘ziga ruxsat berilgan ma’lumotni ko‘radi, o‘zgarishlar audit jurnalida qoladi, xodim suratlari faqat o‘z tashkilotingiz akkauntida ochiladi; maosh ma’lumotlari tashqi API orqali chiqmaydi.
7 kun bepul sinovda nimalar ko‘rsatiladi?
Xodimlar, Telegram WebApp yoki terminal, IP/GPS tekshiruv, dashboard, eslatmalar, AI Chat va asosiy hisobotlar sizning real jarayoningizda ishga tushiriladi.