FaceID Pro bosh sahifasi
Avans boshqaruvi va tasdiqlash marshruti
Avansni kim so‘radi, kim tasdiqladi va qachon berildi — hammasi bitta oqimda yoziladi, qog‘oz va qo‘lda ro‘yxat kerak emas.
Asosiy foydalar
- Avans miqdori oylik va foiz qoidasidan avtomatik hisoblanadi
- Tasdiqlash bosqichlari Telegram tugmalari orqali o‘tadi
- Har bir bosqich vaqti va mas’uli tarixda saqlanadi
- To‘lov va qaytarish hodisalari alohida qayd qilinadi
Avans ro‘yxati qanday tuziladi?
Davr tanlanadi, tizim xodimlarning oylik maoshi va avans foizidan kelib chiqib taklif qiladi. Kerak bo‘lsa har bir xodim bo‘yicha summa qo‘lda tuzatiladi.
Tasdiqlash qanday ishlaydi?
Hisobot mas’ullar zanjiri bo‘ylab yuboriladi. Har bir mas’ul o‘z navbatida Telegramda tugma bosadi; hisobot faqat navbatdagi odam orqali oldinga siljiydi.
SMS xabarnoma
Xodimga avans holati haqida SMS yuborish ulanadi. Yuborilgan, yetkazilgan va tekshirilgan vaqt SMS tarixida ko‘rinadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Tasdiqlangan avansni o‘zgartirib bo‘ladimi?
Yakunlangan hisobotda oylik va summa qulflanadi; qayta ochish administrator huquqi va sabab talab qiladi.
Avans tabelga ta’sir qiladimi?
Ha, berilgan avans oylik hisob-kitobida ushlab qolinadi va qoldiqda ko‘rinadi.
Kim avansni ko‘ra oladi?
Avans bo‘limi alohida ruxsat kaliti bilan boshqariladi; ish haqi ruxsati bor har bir xodim avtomatik ko‘rmaydi.