FaceID Pro bosh sahifasi
Korporativ chat va HR aloqa
Ish yozishmalari shaxsiy messenjerlarda tarqalib ketmasligi uchun aloqa xodimlar bazasiga bog‘langan holda tashkilot ichida yuritiladi.
Asosiy foydalar
- Guruh, kanal va shaxsiy suhbatlar bitta joyda
- HR bilan yopiq, boshqalarga ko‘rinmaydigan kanal
- Fayl, rasm, ovozli xabar va qo‘ng‘iroq
- Xodim ishdan bo‘shasa kirish avtomatik yopiladi
Nega alohida chat kerak?
Xodim ishdan ketganda shaxsiy messenjerdagi ish yozishmalari va fayllar tashkilotda qolmaydi. Ichki chatda esa suhbat tarixi kompaniyada saqlanadi va ruxsatlar bilan boshqariladi.
HR kanali
Xodim HR bilan yakkama-yakka yozishadi; bu suhbat boshqa xodimlarga ko‘rinmaydi. Anonim fikr bildirish kanali ham alohida ishlaydi.
Telegram bilan bog‘liqlik
Muhim xabarlar va eslatmalar Telegramga ham yuboriladi, shuning uchun xodim doim saytda turishi shart emas.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Chatni kim boshqaradi?
Guruh va kanal yaratish, a’zo qo‘shish alohida ruxsat kaliti bilan beriladi.
Xabarlarni o‘chirish mumkinmi?
Administrator xabarni o‘chira oladi; amal tarixi tizimda qoladi.
Ovozli xabar va qo‘ng‘iroq bormi?
Ha, ovozli xabar yozish va suhbat ichida qo‘ng‘iroq qilish mavjud.