FaceID Pro bosh sahifasi
Topshiriq berish va bajarilishini nazorat qilish
Og‘zaki topshiriq unutiladi. Tizimda har bir vazifa egasi, muddati va natijasi bilan yoziladi.
Asosiy foydalar
- Muddat va mas’ul aniq belgilanadi
- Natija fayl va izoh bilan topshiriladi
- Rahbar tekshiradi yoki qayta ishlashga qaytaradi
- Eslatma Telegram orqali yuboriladi
Topshiriq oqimi
Topshiriq yaratiladi, xodimga biriktiriladi, muddat qo‘yiladi. Xodim bajargach natijani yuklaydi; tekshiruvchi qabul qiladi yoki sababi bilan qaytaradi.
Kim nimani ko‘radi?
Xodim faqat o‘ziga tegishli topshiriqlarni ko‘radi. Rahbar bo‘lim yoki filial kesimida umumiy holatni kuzatadi.
Davomat bilan bog‘liqligi
Topshiriqlar xodimlar bazasiga bog‘langani uchun ishdan bo‘shagan xodim ro‘yxatdan avtomatik chiqadi va yangi vazifa unga tushmaydi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Xodim kabinetidan topshiriq ko‘rinadimi?
Ha, har bir xodim o‘z kabinetida topshiriqlari va muddatlarini ko‘radi.
Takrorlanuvchi topshiriq bormi?
Topshiriq nusxasini yaratib, muddatini yangilab qayta yuborish mumkin.
Fayl biriktirsa bo‘ladimi?
Ha, topshiriqqa ham, natijaga ham fayl va izoh qo‘shiladi.