FaceID Pro bosh sahifasi
Xodimlar davomatini nazorat qilish tizimi
Xodimlar qachon keldi, qachon ketdi, kim kechikdi va kim ishda — barchasi real vaqt rejimida ko‘rinadi.
Asosiy foydalar
- Keldi-ketdi vaqtini avtomatik qayd qilish
- Kechikish va erta ketishni hisoblash
- Filiallar bo‘yicha markaziy nazorat
- Tabel va oylik hisob-kitobga tayyor ma’lumot
Qo‘lda ro‘yxat yuritish o‘rniga avtomatik tizim
Daftar, Excel yoki qo‘lda belgilashda xatolar ko‘p bo‘ladi. FaceID Pro hodisalarni terminal, Telegram WebApp yoki GPS orqali avtomatik qabul qiladi.
Rahbar uchun real vaqt nazorati
Dashboard’da bugun kim ishga kelgani, kim kechikgani, kim hali ishda ekani va qaysi filialda vaziyat qandayligi ko‘rinadi.
Hisobot va tabel
Oy yakunida davomat, ishlagan vaqt, kechikishlar va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobot tayyorlash mumkin.
Ko‘p so‘raladigan savollar
FaceID Pro faqat bitta filial uchunmi?
Yo‘q, tizim ko‘p filialli tashkilotlar uchun ham mos.
Xodimlar bo‘limlarga ajratiladimi?
Ha, bo‘lim, lavozim, smena va filial bo‘yicha yuritish mumkin.
Oy yakunida tabel chiqarish mumkinmi?
Ha, davomat ma’lumotlari tabel va oylik hisob-kitob uchun ishlatiladi.