FaceID Pro bosh sahifasi
KPI, bonus va jarima hisob-kitobi
Kechikish uchun jarima, intizom uchun bonus, natija uchun KPI — qoidalar bir marta sozlanadi, keyin tizim har oy o‘zi hisoblaydi va oylikka qo‘shadi.
Asosiy foydalar
- Kechikish, erta ketish va kelmaslik uchun avtomatik jarima qoidalari
- Intizom va natija uchun bonuslar, KPI ko‘rsatkichlari
- Qo‘shimcha smena va kunlik stavkalar
- Xarajatlar, xodim balansi va to‘lovlar tarixi
- Excel eksport va 1C uchun tayyor ma’lumot
Qoidalar qanday sozlanadi?
Har bir kompaniya o‘z siyosatini belgilaydi: necha daqiqa kechikish jarimaga olib keladi, summa qanday hisoblanadi, qaysi lavozimlar uchun bonus bor. Qat’iy jadval qoidasi smena boshi va oxiridan tashqari vaqtni hisobga olmaydi.
KPI va bonuslar
KPI ko‘rsatkichlari davr bo‘yicha kiritiladi yoki davomatdan avtomatik olinadi. Natija foizga yoki summaga aylanadi va oylik hisob-kitobiga qo‘shiladi. Rahbar tasdiqlaguncha xodim kabinetida «kutilmoqda» holatida turadi.
Balans, avans va to‘lov
Avans, bonus, jarima va xarajatlar xodim balansida yig‘iladi. Oylik tarqatishda kassa planshet xodimni yuz orqali taniydi, hisob-kitobni ko‘rsatadi, imzo oladi va PDF akt saqlaydi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Jarima avtomatik yoziladimi yoki tasdiq kerakmi?
Ikkalasi ham mumkin. Qoida bo‘yicha avtomatik hisoblanadi, lekin rahbar tasdiqlashini talab qilib sozlash mumkin.
Bonus va jarimani xodim ko‘radimi?
Ha. Xodim kabinetida va Telegram orqali o‘z bonus, jarima va avans holatini ko‘radi, e’tiroz bo‘lsa HR ga so‘rov yuboradi.
Hisob-kitobni Excel yoki 1C ga chiqarish mumkinmi?
Ha. Tabel, oylik va balans Excel ga eksport qilinadi, 1C uchun API orqali tayyor ma’lumot beriladi.