FaceID Pro bosh sahifasi
AI HR yordamchi: davomat va ish haqi bo‘yicha savol-javob
Hisobot kutish o‘rniga savol yozing: AI yordamchi davomat, tabel, avans va xodimlar ma’lumotini tizim vositalari orqali o‘qib, aniq javob va tayyor fayl beradi.
Asosiy foydalar
- O‘zbek yoki rus tilida tabiiy savol-javob
- Excel va PDF hisobotlarni bir so‘rov bilan tayyorlash
- Surat, ovozli xabar va fayllarni tushunish
- Faqat foydalanuvchiga ochiq ma’lumot — ruxsatlarga bo‘ysunadi
- Claude, ChatGPT va Cursor uchun MCP server
AI qanday javob beradi?
Yordamchi javobni o‘zidan to‘qimaydi: har bir savol uchun tizimning ichki vositalari (davomat xulosasi, xodim kartasi, tabel, statistika) chaqiriladi va natija ana shu ma’lumotdan tuziladi. Ism-familiya mos kelmasa «topilmadi» deydi.
Qanday savollar mumkin?
«Bugun kim kelmadi?», «Bu oy eng ko‘p kechikkan 5 xodim», «Avgust bo‘yicha Chilonzor filialining ish soatlari», «Sentabr avans ro‘yxatini Excel qil». Javob jadval, ro‘yxat yoki fayl ko‘rinishida qaytadi.
Maxfiylik va nazorat
AI faqat so‘ragan foydalanuvchining ruxsatlari doirasida ishlaydi: filial chegarasi, maosh ko‘rish huquqi va rollar saqlanadi. Suhbatlar tarixi tashkilot ichida qoladi, kalitlar bosh admin tomonidan boshqariladi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
AI xodimlarning shaxsiy ma’lumotini tashqariga yuboradimi?
Savolga javob berish uchun kerakli minimal ma’lumot ishlatiladi; maosh va hujjat ma’lumotlari ruxsatsiz ochilmaydi. Provayder va sozlamalar bosh admin nazoratida.
AI noto‘g‘ri hisob-kitob qilishi mumkinmi?
Hisob-kitobni AI emas, tizimning o‘zi qiladi; AI tayyor natijani tushuntiradi va faylga chiqaradi. Shuning uchun raqamlar tabel va statistika bilan bir xil.
Tashqi AI (Claude, ChatGPT) ulash mumkinmi?
Ha. MCP server orqali ular tashkilot statistikasini faqat o‘qish rejimida so‘raydi. Har bir ulanish alohida kalit va huquq darajasi bilan cheklanadi.