FaceID Pro bosh sahifasi
1C, Bitrix24 va API integratsiyasi
Davomat, xodimlar va tabel boshqa tizimlarga qo‘lda ko‘chirilmaydi: FaceID Pro ularni 1C, Bitrix24, Google Sheets, kalendar va SMS xizmatlariga o‘zi uzatadi.
Asosiy foydalar
- 1C uchun davomat va kadrlar ma’lumoti tayyor formatda
- Bitrix24 chatiga xabar va ish kunini avtomatik ochish
- Google Sheets yoki Excel jadvali o‘zi yangilanadi
- REST API va webhook orqali istalgan ERP yoki ichki dastur
- Eskiz SMS va Telegram orqali keldi-ketdi xabarnomalari
Qanday ulanadi?
Integratsiya sahifasida kerakli xizmat tanlanadi, API kalit yoki webhook manzili yaratiladi. Kalit «faqat o‘qish» yoki «yozish» huquqi bilan beriladi va admin filial chegarasini saqlaydi. Maosh ma’lumotlari API orqali chiqmaydi.
Qaysi ma’lumotlar almashadi?
Keldi-ketdi hodisalari, xodimlar ro‘yxati, filial va bo‘limlar, smenalar, tabel va kalendar (bayram, ta’til, tug‘ilgan kunlar). Bitrix24 uchun ish vaqtini boshlash va tugatish, Google Calendar va Outlook uchun ICS havola, Sheets uchun jonli jadval.
AI yordamchilar uchun MCP server
Claude, ChatGPT yoki Cursor MCP server orqali ulanadi va tashkilot statistikasini faqat o‘qish rejimida so‘raydi: bugungi holat, davomat xulosasi, intizom reytingi, hisobotlar. Har bir so‘rov kalit va ruxsat darajasi bilan cheklanadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
1C bilan ulash uchun dasturchi kerakmi?
Ko‘p hollarda yo‘q: API kalit va tayyor JSON format beriladi. Murakkab konfiguratsiya uchun biz 1C mutaxassisingiz bilan birga sozlab beramiz.
Bitrix24 da nima ko‘rinadi?
Xodim keldi-ketdi belgilaganda Bitrix24 chatiga xabar tushadi va ish kuni avtomatik ochiladi yoki yopiladi.
Webhook qaysi hodisalarni yuboradi?
Keldi, ketdi, so‘rovli davomat tasdig‘i, xodim qo‘shilishi va boshqa hodisalar tanlab yuboriladi. Har bir yuborish imzolanadi va tarixda saqlanadi.
Ma’lumotlar xavfsizligi qanday ta’minlanadi?
Kalitlar tashkilotga bog‘lanadi, IP cheklovi va huquq darajasi belgilanadi, so‘rovlar jurnalda saqlanadi. Maosh ma’lumotlari na o‘qiladi, na o‘zgartiriladi.