FaceID Pro bosh sahifasi
Ish vaqtini hisobga olish: Face ID bilan aniq soatlar
Xodim qancha ishlagani taxmin bilan emas, Face ID terminal va Telegram belgilaridan daqiqasigacha hisoblanadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tabel hamda oylikka tushadi.
Asosiy foydalar
- Har bir smena bo‘yicha kechikish va erta ketish daqiqalari
- Normadan ortiq ishlangan vaqt va dam olish/bayram kunlaridagi ish alohida
- Tungi smena: yarim tundan o‘tgan ish boshlangan kunga yoziladi
- Bir kunda bir necha marta chiqib-kirish — oradagi tanaffus ish vaqtidan chiqariladi
- Chiqishni unutgan xodimga Telegram eslatmasi
- Tabel Excel’da; oylik soatbay, kunbay yoki oylik stavkada
Ish vaqti qanday hisoblanadi?
Xodim Face ID terminal, turniket yoki Telegram WebApp orqali keldi va ketdi belgilaydi. FaceID Pro bu hodisalarni xodimning smenasi bilan solishtiradi: qachon kelishi kerak edi, qachon keldi, qancha ishladi. Bir kunda bir necha kirish-chiqish bo‘lsa, ish vaqti sessiyalar yig‘indisi sifatida olinadi — oradagi tanaffus hisobga kirmaydi.
Smena, jadval va qoidalar
Oddiy kunduzgi smena, tungi smena va moslashuvchan jadval qo‘llab-quvvatlanadi. Kechikish chegarasi smena bo‘yicha, jarima qoidalari esa tabel sozlamalarida belgilanadi. Qat’iy qoida yoqilsa, ish vaqti smena boshi va oxiri bilan cheklanadi, ketish vaqtini soatga yaxlitlash ham mumkin.
Ortiqcha vaqt, dam olish va bayram kunlari
Kunlik normadan ortiq ishlangan daqiqalar alohida ko‘rinadi va xohlasangiz daqiqabay bonus sifatida hisoblanadi. Dam olish va bayram kunlaridagi ish ham sanaladi, bayram kunlari uchun oshirilgan stavka (masalan 2 barobar) belgilash mumkin.
Tuzatish va nazorat
Ish vaqti tugab chiqishni belgilamagan xodimga Telegram orqali eslatma ketadi; chiqishi umuman yo‘q kun «Chiqmagan» deb belgilanadi va o‘zi sanalmaydi. HR vaqtni qo‘lda tuzatishi mumkin, lekin har bir tuzatish kim, qachon va qaysi vaqtdan qaysiga o‘zgartirgani bilan tarixda qoladi.
Tabel va oylikka o‘tishi
Oy oxirida tabel tayyor: ishlangan kun va soat, kechikish, erta ketish, ortiqcha vaqt. Oylik soatbay, kunbay yoki oylik stavkada hisoblanadi; oylik stavkada ishlangan daqiqa normaga nisbatan olinadi. Tabel Excel’ga yuklanadi yoki 1C va Google Sheets’ga API orqali uzatiladi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Ish vaqti qaysi belgilardan hisoblanadi?
Face ID terminal, turniket, Telegram WebApp (GPS zona yoki filial tarmog‘i) va tasdiqlangan so‘rovli davomat belgilaridan. Hammasi bitta tabelga tushadi.
Tungi smena to‘g‘ri hisoblanadimi?
Ha. Yarim tundan o‘tadigan smena belgilanadi va ish boshlangan kunga yoziladi, shuning uchun soatlar ikki kunga bo‘linib ketmaydi.
Xodim chiqishni belgilashni unutsa nima bo‘ladi?
Smena tugaganda unga Telegram orqali eslatma boradi. Belgilamasa, kun «Chiqmagan» bo‘lib qoladi va HR uni tasdiqlab yoki tuzatib yopadi.
Ortiqcha ishlangan vaqt pul bilan hisoblanadimi?
Xohlasangiz. Xodim uchun daqiqabay bonus stavkasi belgilansa, normadan ortiq ishlangan vaqt oylikka qo‘shiladi. Bayram kunlari uchun alohida koeffitsient bor.
Excel’ga chiqarish mumkinmi?
Ha. Tabel va davomat hisobotlari Excel faylga yuklanadi; 1C va Google Sheets uchun API va avtomatik jadval ham bor.