FaceID Pro bosh sahifasi
Face ID tizimi nima va qanday ishlaydi
Face ID tizimi xodimni karta yoki parolsiz, yuzidan taniydi. Bu sahifada uning ishlash tartibi, ro‘yxatdan o‘tish va ulash uchun nima kerakligi sodda tilda.
Asosiy foydalar
- Karta, parol yoki barmoq izisiz — xodim faqat terminalga qaraydi
- Boshqa odam o‘rniga belgilash imkonsiz
- Xodim surati bir marta yuklanadi va hamma terminallarga o‘zi tarqaladi
- Terminal bo‘lmagan joyda Telegram selfi bilan yuz tekshiruvi
- Har bir hodisa vaqt, terminal va filial bilan bazada saqlanadi
Face ID nima?
Face ID — odamni yuz tasviridan tanib olish texnologiyasi. Kamera yuzdagi o‘ziga xos belgilarni raqamli shablonga aylantiradi va uni bazadagi xodimlar shabloni bilan solishtiradi. Mos kelsa, terminal xodimni taniydi va hodisa yoziladi. Telefonni qulfdan ochadigan Face ID bitta egani taniydi; davomat uchun Face ID tizimi esa tashkilotning barcha xodimlarini taniydi va ularning keldi-ketdisini yozadi.
Qanday ishlaydi: 3 qadam
1) HR xodimni panelga qo‘shadi va yuz suratini yuklaydi — FaceID Pro suratni guruhdagi hamma terminallarga yuboradi. 2) Xodim ishga kelganda terminal kamerasiga qaraydi, terminal uni taniydi va hodisani FaceID Pro serveriga yuboradi. 3) Tizim hodisani keldi yoki ketdi deb yozadi, kechikishni hisoblaydi, dashboard va Telegram guruhida ko‘rsatadi.
Face ID’da ro‘yxatdan o‘tish qanday bo‘ladi?
FaceID Pro’da xodimni HR yoki administrator ro‘yxatdan o‘tkazadi: ism, filial, bo‘lim, smena va aniq yuz surati (yorug‘ joyda, to‘g‘ridan, ko‘zoynak va niqobsiz) kiritiladi. Terminalda allaqachon yuzlari bor xodimlarni (xodim raqami tizimdagiga mos bo‘lsa) terminaldan import qilish ham mumkin. Xodim keyin Telegram botga telefon raqami orqali ulanadi va o‘z davomatini ko‘radi. Eslatma: bu sahifa tashkilot davomati haqida — telefon yoki davlat xizmatlaridagi Face ID boshqa tizim.
Qanday terminal kerak va terminalsiz mumkinmi?
FaceID Pro ISUP 5.0 protokolini qo‘llaydigan Hikvision Face ID terminallari bilan ishlaydi; terminal internet orqali serverga o‘zi ulanadi. Terminal bo‘lmagan filial yoki dala xodimlari uchun Telegram WebApp bor: xodim selfi oladi, tizim yuzni xodimning bazadagi suratiga solishtiradi va GPS zonani tekshiradi.
Yuz ma’lumoti xavfsizligi
Xodim suratlari faqat o‘z tashkilotingiz akkauntida, ruxsati bor foydalanuvchilarga ochiladi; havolalar himoyalangan va ochiq internetda ko‘rinmaydi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Face ID tizimi qanchalik aniq?
Aniqlik terminal modeli, yorug‘lik va surat sifatiga bog‘liq. Eng muhimi — aniq, to‘g‘ridan olingan surat va terminalni yorug‘ joyga, yuz balandligida o‘rnatish. Terminalning tanish masofasini paneldan masofadan sozlash mumkin.
Egizaklar yoki o‘xshash odamlarni adashtirmaydimi?
Juda o‘xshash yuzlarda xato ehtimoli nolga teng emas, shuning uchun Telegram selfi tekshiruvida surat boshqa xodimga ko‘proq o‘xshasa belgi qabul qilinmaydi. Har bir hodisa surati bilan saqlanadi va HR uni tekshira oladi.
Xodim yuzini qanday ro‘yxatdan o‘tkazaman?
Xodimlar bo‘limida xodimni oching, «Surat tanlash» orqali yuz suratini yuklang va saqlang — surat terminallarga avtomatik yuboriladi.
Face ID terminalini o‘zimiz sotib olamizmi?
Ha, terminal tashkilotning o‘zida bo‘ladi. Qaysi modelni olish va qanday ulash bo‘yicha maslahat beramiz, ulashni birga sozlaymiz.
Telefondagi Face ID bilan farqi nima?
Telefondagi Face ID faqat qurilma egasini qulfdan ochadi. Davomat uchun Face ID tizimi esa tashkilotning hamma xodimlarini taniydi, keldi-ketdini yozadi va tabel hamda hisobotga uzatadi.